“Barselona” muddatidan oldin chempionlikka qarshi
03 apr 2020 23:00
Yangiliklar
“Barselona” muddatidan oldin chempionlikka qarshi
Marca xabariga ko'ra, Primera bahslari yakuniga etmasidan, muddatidan avval o'z nihoyasiga etishi mumkin.
Belgiyada mamlakat chempionati bahslari muddatidan oldin yakuniga etkazilib, turnir jadvalida etakchilik qilayotgan “Bryugge” chempion deya elon qilindi.
UEFA qita birinchiligi bahslarini qoldirdi, ammo koronavirus bilan bog'liq vaziyat yozda ijobiy tomonga o'zgarishi haqida aniq bir malumot yo'q. Mavsumning qolgan o'yinlari bekor qilinib, ayni paytda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” chempion deya elon qilinishiga klub vakillari qarshilik qilishlari mumkin.
Kataloniyaliklar bu taxlit chempion bo'lishni istashmayapti, chunki ular moliyaviy jihatdan katta. Agar chempionat davom ettirilmasa, birgina so'nggi besh o'yin o'tkazilmasligi natijasida “Barselona” 16,5 million evro zarar ko'radi.
Fikrlar