So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  4 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

"Barselona" Messisiz. 2 sabab - bu juda yaxshi, 2 sabab - bu juda yomon Yangiliklar

"Barselona" Messisiz. 2 sabab - bu juda yaxshi, 2 sabab - bu juda yomon

Teglar :  BarselonaLeo Messi
Yo'q, Leoda barchasi joyida.

Messining uchinchi farzandi dunyoga keldi, shu boisdan sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biri "Malaga"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi. Biroq "Barsa" raqibini xotirjamlik bilan mag'lub etdi. Quyida "Barselona"ning Messisiz plyus va minus jihatlari haqida to'xtalamiz.

IJOBIY

MESSISIZ TAKTIKAMessi shunday futbolchiki, ikkinchi planda yurib ham barcha masalani hal qilib keta oladi. Agarda Leo himoya chizig'iga yordam bermasa yoki raqiblariga kuchli pressing uyushtirmasa ham u - daho. Messi o'yinlarni piyoda yurib ham o'tkazadi, biroq o'yin yakuniga qadar raqiblari ko'zini shamg'alat qilib keta oladi. Oqibatda raqib himoyachilari ko'zda yosh bilan maydonda yotishadi. Ularning oyoqlari orasidan to'plar o'tib ketadi, darvozabon esa zarbani qaytarishga ojizlik qiladi...

Leo buyuk futbolchi bo'lsa-da, ko'p uchrashuvlarda oddiy o'ynaydi, biroq har doim ham emas. Leoning sust o'yini natijasida "Barselona" ham ishonchsiz harakat qiladi. SHuningdek, raqib yarim maydonida befoyda bosim uyushtiriladi, raqiblar bemalol "Barselona" jarima maydonchasigacha etib borishadi va hujumni rivojlantirish uchun xar hil variantlar izlashadi. Ko'rib turganingizdek, raqiblarning faol o'yini Messiga qaysidir jihati bilan ham bog'liq.

Leo juda kam himoyaga qaytadi. SHuning uchun ham yoki Alba, yoki Din orqa chiziqda bir yoki ikki futbolchiga qarshi o'ynashiga to'g'ri keladi. Bu holatda Buskets yordamga boradi, bunda uning joyi ochilib qoladi va top-raqib ushbu vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin.

Agarda Messi maydonda bo'lmasa, barcha o'z joyida o'ynaydi, boshqa poziciyadagilar biror hududga sherigiga yordamga borsa, uning joyiga kimdur o'tib oladi. Natijada "Barselona"da ochiq xududlar bo'lmaydi.

YANGILARNING O'YNASH IMKONIYATIDembele va Koutino hali ham "Barselona"ga moslasha olishmadi, biroq ular har bir o'yinda klubning uslubini tushunib bormoqda. Koutino so'nggi uchrashuvlarini biroz bo'lsa-da yaxshiroq o'tkazmoqda, biroq Dembeleda bir muammo bor: jarohatidan keyin hali ham o'ziga kela olmayapti.

Kuchsizroq raqiblar bilan uchrashuvlar esa - jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari uchun katta imkoniyatdir. So'nggi bahsda Usmon va Filippe shuni ko'rsatdiki, ular bir maqsad yo'lida birlasha oladilar, hattoki raqib oddiygina "Malaga" bo'lsa ham...

Demak, Messi bo'lmasa, jamoaning boshqa azolari o'zlarini ko'rsatishlari uchun imkoniyatlar paydo bo'ladi.

SALBIY

MESSINING IDEAL O'YINI

Messi maydonda bo'lsa "Barselona"ning o'yini murakkabroq va turfa xil ko'rinishda bo'ladi. U raqib darvozasi oldida bemalol xavfli vaziyatlarni yarata oladi. Hattoki argentinalik futbolchining kayfiyati yomon bo'lsa, uning sheriklari to'pni Messiga oshirish kerakmi yoki yo'q, bilishmaydi...

Vaqt o'tgani sayin "Barselona" Messiga qaram bo'lib qoldi. Agarda jamoaning ishlari o'xshamay tursa, futbolchilar to'pni faqatgina Messiga oshiradi. SHuning uchun ham Leo borligida "Barselona" juda hotirjam o'ynaydi va hujum uchun variantlarni ko'paytira oladi.

Demak, "Barselona"da hech kim Leo Messi kabi o'yin ko'rsata olmaydi va oldinga boshlash qobiliyatiga ega emas.

MESSIGA MUNOSIB VORIS YO'QMessining yo'qligi autsayderlar bilan o'yinlarda bilinmaydi. Biroq "Malaga" bilan o'yinda "Barselona" juda kam xavfli vaziyat yaratdi. Kataloniyaliklar uchrashuvning birinchi bo'limida ikki vaziyatdan foydalana olishdi. O'shanda "Malaga" futbolchilari Segunda jamoasi kabi harakat qildi.

Dembele hali "xom". Alkaser haqida ko'p gapirib bo'lmaydi: ayrim vaqtlarda u Leo bilan birga maydonga tushadi, biroq umuman boshqa vazifani bajaradi. Albatta, ikki futbolchining darajasi umuman boshqacha. SHuning uchun ham ularni solishtirish g'alati bo'ladi.

Ikkinchi davrada "Barselona" "Espanol"ga qarshi murosasiz bahsda durang o'ynadi, ustiga ustak Lopes darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olishmadi. Faqatgina Messi maydonga tushganidan keyin "Barselona" jonlandi va aynan uning to'p oshirishidan keyin Pike gol urdi. Bu esa jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Barselona"da Leo Messining o'rnini bosadigan futbolchi hali yo'q. Demak, uning o'rnida kim yuqori saviyada o'yin o'tkaza oladi?

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика