"Barselona" Messining xayrlashuv uchrashuvini qachon o'tkazishi malum
23 noy 2023 15:35
Yangiliklar
"Barselona" Messining xayrlashuv uchrashuvini qachon o'tkazishi malum
"Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messining xayrlashuv uchrashuvi keyingi yil tamirdan chiqqan "Kamp Nou"da bo'lishi mumkin.
Malumotlarga qaraganda, Kataloniya klubi ushbu bahsni 2024 yilning 29 noyabr sanasiga rejalashtirmoqda. Bunga yana bir sabab klubning 125 yillik yubileyi bo'ladi.
Xabarda aytilishicha, agar barchasi reja bo'yicha ketsa, Messi "Barselona" afsonalari safida dunyo futboli afsonalariga qarshi harakat qiladi. Bu o'yinga Serxio Ramos, Zinedin Zidan, Devid Bekxem, Garet Beyl, Zlatan Ibragimovich va Diego Simeone taklif olib ulgurgan. Agar imkon topa olsa, Krishtianu Ronalduning kelishi ham kutilmoqda. Bundan tashqari ushbu o'yinda Jon Terri, Frenk Lempard, Stiven Jerrard va Fernando Torres ham bo'lishi mumkin.
SHou o'yin uchun chipta narxi 250 evrodan boshlanishi taxmin qilinmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar