"Barselona" Messining transferidan 222 mln evrodan ko'proq ishlamoqchi
26 avg 2020 11:37
Yangiliklar
"Barselona" Messining transferidan 222 mln evrodan ko'proq ishlamoqchi
"Barselona" rahbariyati hujumchi Lionel Messining klubdan ketishni xohlayotganini bildirgandan so'ng u bilan xayrlashish variantini o'rganmoqda.
Kataloniya klubi xo'jayinlari forvardni futbol tarixidagi rekord narx evaziga qo'yib yuborishlari mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" 222 million evro (Neymar aynan shuncha mablag' evaziga "Barsa"dan PSJga o'tgan)dan ko'proq mablag' taklif qilinsa, takliflarni ko'rib chiqishga tayyorlar.
Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Argentinalik futbolchi ispan jamoasi safida yakunlangan mavsum 44ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 26ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar