So’nggi yangiliklar

14:56Родри: "Биз курашни давом эттирамиз"  1 14:29Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди  0 14:01Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди  0 13:33Гави майдонга қайтиши ҳақида: "Флик доимо мен билан бирга эди, худди отамдек"  0 13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  1 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  7 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  3 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  7 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  17 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  11

"Barselona" mavsum so'nggida Setenni istefoga chiqaradi, nomzodlar ham tayyor Yangiliklar

"Barselona" mavsum so'nggida Setenni istefoga chiqaradi, nomzodlar ham tayyor

"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten keyingi mavsum klubda qolmaydi.

61 yoshli mutaxassisning futbolchilar bilan munosabatlari buzilgan. O'yinchilar va "ko'k-anorranglilar" rahbariyati mavsum so'nggida Seten bilan xayrlashgan yaxshiroq deb hisoblashmoqda. Bu esa jamoada tez orada katta o'zgarishlar amalga oshmagan taqdirda bo'lib o'tadi.

Setenning shartnomasi 2,5 yilga mo'ljallangan, ammo "Barsa" direktorlar kengashi azolari murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilishgan. Rahbariyat natijadan ham, o'yindan ham norozi va murabbiyning jamoaga tayinlangani xato bo'lgan deb hisoblashmoqda.

"Barsa"ning bazi o'yinchilari Setenning talablarini tushunishmayapti, boshqalari esa uning usullaridan norozi. Jamoaning ko'pchiligi esa uning matbuot anjumanida aniq bir futbolchilarni gapirganiga salbiy munosabatda bo'lishmoqda.

Mavsumning qolgan qismi ham shunday davom etsa, "Barselona" bosh murabbiylikka "Barsa B"dan Garsiya Pimentani yoki Xavini taklif etishi mumkin.

Agar Seten mavsum oxiriga qadar ishlaydigan bo'lsa, keyin unga istefo haqida xabar berishadi. U CHempionlar Ligasini yutsagina, o'z lavozimida qolishi mumkin.

Oldinroq, "Selta" - "Barselona" (2:2) o'yinidan so'ng o'yinchilar echinish xonasida taktikani tanqid qilishgani malum bo'lgan edi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика