“Barselona” Martinesga asosiy tarkibdan joy vada qildi
08 may 2020 22:22
Yangiliklar
“Barselona” Martinesga asosiy tarkibdan joy vada qildi
“Barselona” rahbariyati “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesning transferi borasida faol muzokara olib bormoqda.
Ko'k-anorranglilar 22 yoshli argentinalik futbolchiga agar u jamoaga o'tadigan bo'lsa, asosiy tarkibdan joy vada qilishmoqda, deya xabar bermoqda Sport.es.
Nashr malumotlariga ko'ra, Martines kataloniyaliklarning hujum chizig'ida asosiy figura sifatida qaralmoqda. Agar Suares ham jamoada qoladigan bo'lsa, kataloniyaliklar hujum chizig'ida ikki nafar hujumchi to'p tepishi yoki Suares zaxirada qoldirilishi mumkin.
Ilgariroq Lautaro “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishganligi borasida xabarlar chiqqandi. Ayni paytda ispanlar “Inter” rahbariyati bilan transfer summasi borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda. Milanliklar hujumchi transferidan 111 million evro ishlab olishmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar