"Barselona" Lautaro bilan kelishib oldi
13 may 2020 17:39
Yangiliklar
"Barselona" Lautaro bilan kelishib oldi
Kataloniyaliklar "Inter" hujumchisi Lautaro Martines bilan shartnoma imzolashga qattiq bel bog'lashgan.
"Ko'k-anorranglilar" shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha forvard bilan kelishuvga erishishdi. Argentinalik "Kamp Nou"da bir mavsum uchun 13 million evro oladi.
Endi buyog'i klublarning o'ziga qolmoqda. Ammo, "Barselona" va "Inter" hali ham narx bo'yicha kelisha olishmayapti.
Lautaro Martines joriy mavsum "Inter" safida Italiya chempionatida 22ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi. Uning "neradzurrilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar