"Barselona" Koutinoni transferga qo'ydi
27 dek 2020 15:20
Yangiliklar
"Barselona" Koutinoni transferga qo'ydi
"Barselona"dagilar hujumchi Filippe Koutinodan qutulish niyatida.
"El Confidencial" xabariga ko'ra, kataloniyaliklarning murabbiylar shtabi braziliyalikning o'yinlaridan mamnun emas. Undan tashqari, klubdagilar uning transferi orqali moliyaviy holatni yaxshilab olishni rejalashtirmoqda. Agarda Koutino "Barselona" tarkibida 100 o'yin o'tkazadigan bo'lsa, "Liverpul" hisobiga 20 mln evro o'tkazib berishi kerak bo'ladi. Ayni damda u 89 o'yinda qatnashgan.
Ushbu mavsumda 28 yoshli Koutino "Barselona" tarkibida barcha turnirlarda 13 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar