"Barselona" forvardi Breytueyt APl klubiga o'tishdan bosh tortdi
03 fev 2021 18:23
Yangiliklar
"Barselona" forvardi Breytueyt APl klubiga o'tishdan bosh tortdi
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt Angliya chempionatidagi klub taklifini rad etdi.
29 yoshli daniyalik futbolchini yanvarda "Vest Bromvich" taklif qilgan edi, ammo u Kataloniya jamoasi tarkibi uchun kurashishni xohladi va taklifga rad javobini berdi.
Xabarlarga ko'ra, Angliya klubi futbolchini xarid qilish huquqi bilan 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor bo'lgan.
Breytueyt joriy mavsum "Barsa" libosida 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi. Futbolchi 11 yanvarda "Barselona"dagi raqobatdan qo'rqmasligini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar