"Barselona" direktori: "Real" g'alabaga loyiq emasdi. Ular faqat pressing evaziga vaziyat yaratishdi"
02 mar 2020 17:04
Yangiliklar
"Barselona" direktori: "Real" g'alabaga loyiq emasdi. Ular faqat pressing evaziga vaziyat yaratishdi"
"Barselona" direktori Gilermo Amor La Liga doirasida "Real Madrid"ga qarshi o'yin (0:2) borasida fikr bildirdi.
"Ular bosim va pressing evaziga o'yinni buzishga urinishdi. O'z vaziyatlarini ham pressing evaziga yaratishdi. Bu bizga qimmatga tushdi, ular g'alabaga loyiq emasdi. Biz yaqqol ustun edik, ular esa faqat qarshi hujumlar uyushtirishdi.
Birinchi bo'limni olsak, biz yaxshi o'ynadik, o'yin tizginini ushlab turdik, lekin vaziyatlardan foydalana olmadik.
Agar "Real Madrid" kabi jamoani kechirsangiz, ertami-kechmi ularda ham vaziyat paydo bo'ladi. Gol urib olgach, ular g'alabaga ishona boshlashdi.
Messi yaxshi o'yin o'tkazdi. Birinchi bo'limda qator vaziyatlar yaratdi. Umuman olganda, biz yomon bellashuv o'tkazmadik. Ajoyib birinchi bo'lim bo'ldi va raqibdan kuchliroq ko'rindik. Lekin keyin nimadir bo'ldi», – dedi Amor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar