"Barselona" byurofaks orqali yana bir xat oldi. Bunisi kimdan?
26 avg 2020 17:57
Yangiliklar
"Barselona" byurofaks orqali yana bir xat oldi. Bunisi kimdan?
"Barselona" byurofaks orqali yangi xabar oldi.
Xabar Kataloniya jamoasi sobiq murabbiyi Kike Setenning yuristlari tomonidan yuborilgan. Ular "Barselona"dan Seten va klub o'rtasidagi hamkorlikni bekor qilishni qonuniy ravishda rasmiylashtirishni so'rashgan.
Ayni damda na Seten, na yordamchilari o'zlari uchun jamoa izlay olishmaydi, sababi istefo haqida rasmiy xabar bo'lmagan.
Qayd etish kerakki, "Barselona" ham murabbiy vakillarining iltimosini qabul qilib, "o'z vaqtida va tartibda" javob berishmoqchi.
Seten va uning shtabi shartnoma bekor qilinishi sabab kompensaciya to'lashni talab qilishmoqda. Ammo bu hali sodir bo'lmadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar