"Barselona" 80 mln evroga baholanayotgan turkiyalik futbolchiga qiziqmoqda
24 fev 11:37
Yangiliklar
"Barselona" 80 mln evroga baholanayotgan turkiyalik futbolchiga qiziqmoqda
"Barselona" "Yuventus"ning 19 yoshli vingeri Kenan Yildizga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "El Nacional".
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" turkiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda, biroq ular "Yuventus" o'yinchi uchun katta miqdorda pul talab qilishini tushunib turibdi.

Takidlanishicha, “keksa sinora” Yildiz uchun 80 million evrolik taklifni ko'rib chiqishga tayyor. "Barselona" 19 yoshli qanot hujumchisini qo'lga kiritish uchun bir necha o'yinchilarini sotishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Yildiz joriy mavsum barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Amaldagi kelishuv 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 45 mln evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar