"Barselona" 7 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
15 noy 2022 18:32
Yangiliklar
"Barselona" 7 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi bir yo'la 7 nafar futbolchi bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirgan.
Buni "Mundo Deportivo" malum qildi.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Usmon Dembele, Aleks Balde, Inyaki Penya, Serji Roberto, Markos Alonso, Ektor Belerin va Serxio Buskets uchun yangi mehnat shartnomalarini tayyorlagan.
SHu bilan birga, OAVda anchadan buyon Busketsning jamoani tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalayotganini takidlash joiz. Go'yoki tajribali ispaniyalik futbolchi faoliyatini MLS'da davom ettirmoqchi.
Ispaniya chempionati 14-turidan so'ng Xavi Ernandes shogirdlari 37 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turishibdi. "Barselona" "Real"dan ikki ochko oldinda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar