"Barsa" "Siti" bilan Jezusning transferi bo'yicha aloqaga chiqdi. Klub uni Suaresga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
26 avg 2020 13:27
Yangiliklar
"Barsa" "Siti" bilan Jezusning transferi bo'yicha aloqaga chiqdi. Klub uni Suaresga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni xarid qilmoqchi.
Kataloniya klubi vakillari ushbu haftada Angliya klubi rahbariyati bilan aloqaga chiqishgan va ularga 23 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni xohlashayotgani haqida aytishgan.
Futbolchining o'zi bu xabarni juda yaxshi qabul qilgan. Jezus - Ronald Kuman shtabi ko'rib chiqayotgan nomzodlardan biri. Klub braziliyalik futbolchini "Barsa"dan ketishga yaqin bo'lgan Luis Suaresning ideal o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
Jezusning "Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar amal qiladi. Futbolchi yakunlangan mavsum APLda 34ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar