"Barsa" Lautaro uchun 60 million evro va yana ikki futbolchisini qo'shib bermoqchi
14 may 2020 22:58
Yangiliklar
"Barsa" Lautaro uchun 60 million evro va yana ikki futbolchisini qo'shib bermoqchi
Transfer yaqin fursatlarda ijobiy hal etilishi mumkin. Milan klubi may oyidayoq "Barselona" bilan kelishuvga erishish istagida.
SHu bilan birga, "Inter" Lautaro jamoada qolmasligini sezib turibdi, chunki moliyaviy kelishmovchilik tufayli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish imkonsiz.
Diario Sport xabariga ko'ra, muzokaralardagi eng katta to'siq - bu "Barselona" Lautaro uchun taklif etayotgan summa.
Kataloniya klubi kelishuv amalga oshishi uchun 60 million evrodan tashqari yana ikki o'yinchisini taklif qilmoqda, ammo "Inter" ko'proq pul olishni xohlamoqda.
"Inter" allaqachon Lautaro o'rniga kelishi kutilayotgan nomzodlar bilan muzokaralarni boshlagan. Ular Timo Verner ("Leypcig") va Per-Emerik Obameyang ("Arsenal")dir. Biroq, muzokaralar yakuniy bosqichga o'tishi uchun "Inter"ga pul zarur.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar