"Barsa" Erik Garsiya uchun 10 million evro taklif qildi va undan ko'p to'lamoqchi emas
22 avg 2020 18:00
Yangiliklar
"Barsa" Erik Garsiya uchun 10 million evro taklif qildi va undan ko'p to'lamoqchi emas
"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyaning transferi ustida ishlamoqda.
"Ko'k-anorranglilar" "shaharliklar"ning ispaniyalik futbolchisi uchun 10 million evro taklif qildi. "Barselona" "Man Siti"dan javob kutmoqda, Klub 19 yoshli futbolchi uchun bundan ortiq to'lamoqchi emas.
Angliya klubi Garsiyani bunday narxga sotishdan bosh tortgan taqdirda, "Barsa" 2021 yilda himoyachining shartnomasi yakunlanganda tekinga o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.
Garsiya - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U klub tizimida 2006-2017 yillar davomida to'p tepgan. "Manchester Siti" futbolchi uchun 2 million evro atrofida to'lagan. O'yinchining o'zi ham "Barsa"ga qaytishni xohlamoqda.
O’xshash yangiliklar
03:09
"Olovga moy sepgan" Yamal yoxud "Real" futbolchilari nega "Barsa" azosiga tashlanib qolishdi? 35
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar