"Barsa" Belerinni sotib olmoqchi
10 sen 2020 01:47
Yangiliklar
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Barselona"ga o'tishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko'ra, Kataloniya klubi vakillari "Arsenal" sport direktori Edu bilan ehtimoliy transfer haqida suhbatlashishgan.
Bosh murabbiy Mikel Artetaning 25 yoshli futbolchini saqlab qolish istagiga qaramay, "Arsenal"ga mos keladigan taklif tushsa, klub futbolchini sotib yuborishi mumkin.
"Kanonirlar" futbolchining narxi 25 million evro ekanligini "Barselona"ga malum qilgan.
"Barsa" bu qadar ko'p to'lashga tayyor emas, biroq agar himoyachi Nelson Semedu jamoani tark etsa, vaziyat o'zgarishi mumkin. Semedo manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh futbolchi uchun APLdan jamoa izlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Belerin Barselonada tug'ilgan va Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar