So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Bahrom Haydarov: "Rikoshetdan urilgan gol yigitlarning kayfiyati tushishiga sabab bo'ldi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Rikoshetdan urilgan gol yigitlarning kayfiyati tushishiga sabab bo'ldi"

Termizning “Surxon” jamoasi Superliganing navbatdagi turida o'z maydonida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qildi.

Murosasiz kechgan uchrashuvda mezbonlar mag'lubiyatga uchradi. O'yindan so'ng bosh murabbiy Bahrom Haydarov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bilamizki, “Nasaf” yaxshi darajadagi futbolchilardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi. Ular to'p bilan va qarshi hujumlarda tajovuzkor harakat qiladi. O'yinni yaxshi boshlagandik. So'ng tezlikni pasaytirdik. Rikoshetdan urilgan gol bollarni kayfiyatini tushishiga sabab bo'ldi. SHunday bo'lsada ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik. Hisobni ham tenglashtirdik. Ikkinchi golni urib olganimizda o'yin boshqacha kechishi ham mumkin edi.

O'yin davomida barcha narsaga tayyor turish kerak. Diqqatni yo'qotdik va raqibning qarshi hujumidan to'p o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimizni inobatga olsak g'alaba qozonishimiz mumkin edi. “Surxon” jamoasidan kuchli futbolchilar yig'ilgan. Faqat, xatolarimizni yo'qotishimiz lozim. Yigitlar o'z so'zlarini aytadi. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, keyingi bahslarda uch ochko qo'lga kiritshimiz shart.

Hakamlarning qarorini muhokama qilishga haqqim yo'q. Ularni ko'rib chiqadigan boshqarma bor. Hamma xato qiladi. Bollarga ham buni tushuntiryapman. Biz o'zimizni xatolarimizni to'g'irlashimiz kerak. SHunda hakamga ham, raqibga ham etirozlar qolmaydi.

Muxlislarni ishontirib aytamanki, tayanch yarim himoyasini Husniddin G'ofurov orqali birlashtirgan edik. O'tgan yili Abror Ismoilov bilan juda yaxshi tandem hosil qilandi. Uning jaroxat olib maydonni erta tark etgani minus bo'ldi biz uchun. Majburan boshqa futbolchilarni o'ynatmoqdamiz. Zaxirada birgina nominal tayanch yarim himoyachi Asror G'ofurov bor. Undan ham foydalanamiz. Azam Aliev va Jahongir Mehmonovni tayanch zonasiga o'tkazganimiz majburlikdan”, - dedi Haydarov.


Asqar Eshmo'minov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика