So’nggi yangiliklar

20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  0 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  4 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  13 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11

Bahrom Haydarov: “Musobaqa jadvalidagi hozirgi o'rin “Surxon”ga yarashmaydi” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Musobaqa jadvalidagi hozirgi o'rin “Surxon”ga yarashmaydi”

Coca Cola Superligasi 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
O'yindan o'yinga jamoa kuchayib borishi kerak. Mashg'ulotlarda juda yaxshi tayyorgarlik ko'rilgandi, buni birinchi bo'limdan ham bilib olsa bo'ladi. Birinchi bo'limda teng kurash kechdi deb o'ylayman. Diqqat-etiborni yo'qotdik va bitta gol o'yinni burib yubordi.

"Surxon" oxirgi 3 ta o'yindan beri yuta olmayapti. Keyingi 2 turda "Paxtakor" va "Lokomotiv" bilan qiyin o'yinlar kutib turibdi. Jamoadan g'alaba kutsak bo'ladimi?

Superligada har bir o'yinda yutishimiz mumkin, bizda yaxshi tarkib yig'ilgan. To'g'ri, "Paxtakor" va "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashadigan kuchli jamoalar hisoblanishadi, ammo biz mag'lubiyat uchun emas, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. O'ylaymanki, faqat yutuqqa erishish uvchun o'ynaymiz. Hozirgi o'ringa loyiq jamoa emasmiz, ochkolarni yig'ib, yuqori o'rinlarga chiqib olamiz degan umiddaman.

Aziz Ibragimov haqida
Aziz Ibragimovni 2 ta o'yinda o'ynatdik, yaxshi o'ynadi. Jamoa 20 futbolchidan iborat.
O'rinbosarlar tarkibida o'ynab, har o'yinda gol urayotgan o'yinchini qachondir sinab ko'rishimiz kerak edi, vaziyatdan kelib chiqib, Aziz Ibragimovni emas, yosh futbolchini maydonga tushirdik. Muhammad-Ali Abdurahmonov bugun debyut qildi, uning kelajagi porloq.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика