So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  0 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

Bahrom Haydarov: "Har bir jamoaga hurmat bilan qaraymiz" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Har bir jamoaga hurmat bilan qaraymiz"

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Bugungi o'yinda issiq ob-havo sharoiti har ikki jamoaga ham qiyinchilik tug'dirdi. Uchrashuvning bir oz ertaroq vaqtga qo'yilgani tufayli dastlab o'yinga kirishib ketishda muammolar ko'zga tashlandi. "Qizilqum" ikkinchi tarkib bilan maydonga tushdi, biroq bizning futbolchilar g'alabaga o'yindan oldin ishonib qo'yishgan ekan. Bu haqida gaplashib olamiz. Lekin yakunda g'alabaga erishdik. Bugun o'yin amaliyoti kam futbolchilarga ham imkoniyat berishga harakat qildik. Kubok o'yinida ko'p guvoh bo'ldik, bunday uchrashuvlarda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Biz shu faktorni engib o'ta olganimizdan xursandman. Navbatdagi bosqich yo'llanmasi bilan jamoamiz azolari va muxlislarimizni tabriklayman.


- Bugun ko'proq zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarga etibor qaratdingiz. Ular ko'rsatgan o'yindan qanchalik qoniqdingiz?


- O'yinni takroran ham ko'rib chiqamiz. Birdaniga xulosa berib bo'lmaydi. O'yin emociyalarida kimningdir faqat xatolari ko'rinishi ham mumkin. Xayrullaev, Muxtorov, Jo'raev, Mirodilov kabi futbolchilarga imkoniyat berdik. Umumiy xulosa, biron futbolchi bugun o'zida yomon taasurot qoldirgani yo'q.


- Yoshlar jamoasida 2-raqamli futbolchi o'zini yaxshi ko'rsatib kelayapti. Bu yigitni asosiy tarkibda ham sinab ko'rilsa bo'ladimi?


- Men har doim takidlayman, futbolchi o'zining loyiqligini faolligi va maydondagi harakatlari bilan isbotlaydi. Hech kim uchun asosiy tarkib eshiklari yopiq emas. Ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchilarga har doim imkon berishga harakat qilamiz. Mirodilov yoki Abdurahimov bo'ladimi, biz bir xil imkoniyat berishga imkoniyat berishga harakat qilamiz.


- Asliddin Toshtemirov qancha muddatga safdan chiqqan?


- Dastlabki xulosamizda u birinchi davra oxiriga qadar bizga yordam bera olmasligi malum bo'lgandi. Biroq, kutilganidan ham ertaroq qaytadigan ko'rinadi. Ertaga tibbiy tekshiruvdan o'tadi, biroq birdaniga uni maydonga tushirib, jarohati qaytalanishini istamaymiz. Jismoniy imkoniyatini to'liq tiklab olishi kerak.


- Superligada ketma-ket 2 ta o'yinda jamoa mag'lub bo'ldi. Oldindagi o'yinga boshqacharoq yondashuv bilan tayyorgarlik ko'rayapsizlarmi?


- Tayyorgarlik doimgidek. Taktik yoki sxemalarda o'zgarish bo'lishi mumkin, biroq biz har bir o'yinga jiddiy tayyorlanamiz. Raqibni o'rganib chiqamiz, kuchli va kuchsiz tomonlarini baholaymiz. O'zgarishlar bo'lishi mumkin. Har bir jamoaga hurmat bilan qaraymiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика