So’nggi yangiliklar

15:30А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Кальяри"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  0 15:10"Пахтакор" — "Динамо" 2:2 (Матнли трансляция)  17 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  2 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  4 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  11 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  4

Bahodir Nasimov: Koreya klubidan transferimni sotib oldim Yangiliklar

Bahodir Nasimov: Koreya klubidan transferimni sotib oldim

O'tgan mavsumni Janubiy Koreyaning Ansan Griners jamoasida o'tkazgan tajribali hujumchi Bahodir Nasimov faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettira boshladi.

Milliy termamizning sobiq hujumchisi «Buxoro» bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv klublarimiz ananasiga mos tarzda bir yilga mo'ljallangan.

Takidlash joizki, Samarqand futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan hujumchi Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Janubiy Koreya klublarida legioner sifatida to'p surishga ulgurdi. 

Tabiiyki, bu borada u katta tajribaga ega. Biz Superligaga yangi rejalar bilan qaytgan Bahodir Nasimovdan intervyu oldik.

- Bahodir, biroz kutilmaganda Janubiy Koreya chempionatidan qaytib keldingiz. Adashmasam, klubingiz bilan amalda shartnomangiz ham bor edi. Bunday qarorga kelishingizga nima sabab bo'ldi?

- Darhaqiqat, «Ansan Griners»da yil yakuniga qadar shartnomam bor edi. Lekin klub rahbariyati bilan kelishgan holda bitimni bekor qildik. Bunga asosim etarlicha. Eng katta sabablardan biri - «Ansan» murabbiyi meni o'z poziciyamda o'ynatmadi.

O'ng va chap qanot yarim himoyasi, hatto himoyada ham o'ynadim. Sof hujumchi uchun bu ijobiy holat bo'lmasa kerak. Natijada shartnomamni o'zim sotib olishimga to'g'ri keldi. Yani, 6-7 oylik maoshimdan shunchaki voz kechdim. Bunday holatda klubda qolib bo'lmasdi.

- Demak, kelishuv siz tufayli bekor qilingani sabab endi qolgan maoshlaringizni ham ololmaysiz, shundaymi?

- Afsuski, ha. 2018 yilgi mavsum hisobidan olishim kerak bo'lgan 7-8 oylik maoshimni Janubiy Koreya klubiga tashlab keldim. Agar u erda qolib, murabbiyning barcha shartlariga ko'nib o'ynaganimda, maoshlarimni olardim. Lekin o'z xohishim bilan shartnomani buzdim. Sodda qilib aytganda, transferimni sotib oldim.

- Summa kattamidi?

- Yo'q, unchalik emas. Eng muhimi, ish ortiqcha muammolarsiz hal bo'ldi. Men shundan xursandman. Agar J.Koreyada qolganimda, bir yillik faoliyatim behuda o'tardi.

- Janubiy Koreyada o'tkazgan mavsumingiz haqida nima deya olasiz? Ushbu chempionat variantini tanlaganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Aslo afsus chekmayman. O'tgan mavsum umuman olganda, men va jamoam uchun yomon o'tmadi. J.Koreya futbolida o'ynab, ko'p narsa o'rgandim. Yana bir quvonarli holat shundaki, «Ansan Griners»ning ilk golini urish orqali klub tarixiga kirdim. Faqat murabbiy meni boshqa poziciyalarda sinab ko'rganini hazm qilolmadim.

- Janubiy Koreyadan ketishingiz aniq bo'lganidan ke-yin Superligamiz jamoalaridan takliflar tushdimi?

- Ha, shu zahoti «Buxoro» bilan muzokara boshladim. Bu jarayon ko'p vaqt olmadi.

- Nima uchun aynan «Buxoro»?

- Meni qoniqtiradigan taklif bo'ldi. SHartnomaning barcha bandlari maqul keldi. Qolaversa, jamoa tarkibidagi aksariyat futbolchilar bilan yaqin do'st edim. Mashg'ulotlardan so'ng murabbiylar ham «Buxoro»da qolishimni so'rashdi va bajonidil rozi bo'ldim.

- Qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Bir yillik kelishuvga erishdik. Agar shu muddat oralig'ida xorijdan taklif tushsa, «Buxoro» klubi rahbariyati ketishimga to'sqinlik qilmaydi. SHartnomada aynan shunday band bor.

- «Buxoro»ga shaxsan Ulug'bek Baqoevning o'zi taklif qildimi?

- Xuddi shunday.

- «Buxoro»da yosh murabbiylar ishlashyapti. Ularning mashg'ulot o'tkazish jarayoni, futbolchilar bilan ishlash principlari haqida nima deya olasiz?

- Ular yosh bo'lishlariga qaramay, o'ta talabchan va jiddiy murabbiylarga aylanishibdi. Eng muhimi, bir-birini yaxshi tushunadigan, to'ldiradigan yaxshi mutaxassislar tandemi ishlayapti. Bu o'z samarasini bermay qolmayapti. Mashg'ulotlarga o'ta jiddiy tarzda yondashishadi.

- Bugungi «Buxoro» real ko'z bilan qaraganda, Superligada nechanchi o'rinni egallashi mumkin?

- Buni oldindan aytish va taxmin qilish mushkul. CHunki bu yildan etiboran chempionatimiz yangi formatda o'tkazilyapti. Ikki bosqichdan iborat bo'ladi. Kuchlilar chempionlik va sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi.

Ettinchi va undan keyingi pog'onani egallaganlar esa Superligada o'z o'rinlarini saqlab qolish uchun bahslarga kirishishadi. SHuningdek, klublar sonining 12tagacha qisqartirilishi ham chempionatning keskin kurashlar ostida o'tishini taminlaydi. Lekin har qanday holatda ham «Buxoro» yuqori o'rinlar uchun kurashadi.

O'tgan yili jamoa bu vazifani uddalay olishini isbotladi. Joriy mavsumda tarkib yanada kuchaytirildi. O'z o'yinlarimiz bilan buxorolik muxlislarni xushnud etishga intilamiz.

- Rossiya, Eron, Janubiy Koreya, Ozarbayjon chempionatlarida o'ynadingiz. Sizningcha, milliy birinchiligimizda 12ta ishtirokchi qoldirilishi futbolimiz rivojiga xizmat qiladimi?

- Har qanday yangilik hamisha futbol ommasi tomonidan keng muhokamaga sabab bo'lgan. O'ylashimcha, jamoalar sonining qisqartirilgani sifat oshishiga xizmat qiladi. CHempionatda shunchaki o'tkaziladigan o'yinlar qolmaydi, hisob.

- Samarqandning «Dinamo» klubiga befarq emassiz. Afsuski, samarqandliklar yangi mavsumni quyi ligada o'tkazishadi. Bu divizionda ham kuchli raqobat bo'lishini inobatga olsak, «Dinamo» shu yilning o'zidayoq Superligaga qayta olarmikan?

- Menimcha, qaytadi. Samarqandda tajribali murabbiylar ishlashyapti. Yaxshi jamoa shakllangan. Ular bu vazifani bajarishlariga ishonaman.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика