Rasman: Shahzod Azmiddinov - “Andijon” futbolchisi
30 iyu 11:12
Yangiliklar
Rasman: Shahzod Azmiddinov - “Andijon” futbolchisi
Yozgi selekciya jarayonida "Andijon" o'z tarkibini yangi o'yinchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
“Paxtakor” klubi tabriyalanuvchisi va ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelgan iqtidorli futbolchi Shahzod Azmiddinov endi “Andijon” futbolchisiga aylandi.
Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi va futbolchi joriy mavsum oxiriga qadar “Andijon”da ijara asosida to'p suradi.
Malumot uchun, Shahzod Azmiddinov 2000 yilning 7 avgust kuni tavallud topgan. U 2020 yildan beri “Paxtakor”da faoliyat olib borgan va shu vaqtga qadar 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan", - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.
Championat.asia sayti bir necha kun avval Azmiddinov "Andijon"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar