Bahodir Ahmedov: Yigitlarning o'yinidan ko'nglim to'ldi
15 okt 2017 21:12
Yangiliklar
Bahodir Ahmedov: Yigitlarning o'yinidan ko'nglim to'ldi
Uchrashuvdan so'ng O'zbekiston futzal termasi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov O'FF matbuot xizmatiga o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugungi bellashuvda yigitlarning o'yinidan ko'nglim to'ldi. Nepal terma jamoasi biz kutgandek kuchli bo'lib chiqmadi. SHunga qaramay, kamchiliklar ham kuzatildi. Albatta, xatolar ustida ishlab, ularni bartaraf qilamiz. Oldimizda Turkmaniston va Qirg'izistonga qashri ikkita muhim uchrashuv turibdi. Umid qilamanki, tarkibda yo'qotishlarsiz barcha o'yinlarda muvaffaqiyatga erishamiz”, – dedi Bahodir Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ertaga, 16 oktyabr kuni Turkmanistonga qarshi, 17 oktyabr kuni esa Qirg'izistonga qarshi bahs olib boradi. Guruhda 1–2 o'rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati final yo'llanmasiga ega bo'ladi.
Fikrlar