Babayan: "Biz "Bunyodkor"ga g'alaba uchun moliyaviy rag'batlantirish taklif qilmaymiz"
07 noy 2022 21:10
Yangiliklar
Babayan: "Biz "Bunyodkor"ga g'alaba uchun moliyaviy rag'batlantirish taklif qilmaymiz"
- Xayrli kech. Bugun birinchi navbatda iroda namoyish etiladigan o'yin bo'ldi. Yigitlar g'alaba juda muhimligini ko'rsatib berishdi. Futbolchilarimiz bor kuchini ishga solishdi. Muxlislarni tabriklayman, yigitlardan minnatdorman.
- Marushich nega almashtirildi? Jasur Yaxshiboev nega tarkibda yo'q edi?
- Yaxshiboev haqida to'xtaladigan bo'lsak, u kasal. Sabab shu. Marushich katta ishni bajardi. U charchaganini ko'rganimdan so'ng almashtirishga qaror qildim.
- Bugun Jokichning yo'qligi qay darajada sezildi?
- Yovan Jokich biz uchun muhim futbolchi, ammo Azim Ahmedov bu poziciyada munosib o'yin ko'rsatib, u yo'qligini bildirmadi.
- So'nggi turda "Paxtakor" "Bunyodkor"ga qarshi o'ynaydi. "Navbahor" g'alaba uchun "Bunyodkor"ga moliyaviy rag'batlantirish taklif qilishi mumkinmi?
- Yo'q. Biz bunday ishlar bilan shug'ullanmaymiz. "Navbahor" faqat o'ziga etibor qaratadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar