So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  4 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  6 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  3 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  64 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

BAA - O'zbekiston. 17-to'qnashuv arafasida Yangiliklar

BAA - O'zbekiston. 17-to'qnashuv arafasida

Ertaga Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Dubay shahrida BAA terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bu jamoalar hozirga qadar 16 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Ertangi bahs 17-o'zaro uchrashuvga aylanadi.

Takidlash lozimki, O'zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Janubiy Koreya va BAAga qarshi 16tadan o'yin o'tkazgan. Bu bizga eng ko'p raqiblik qilgan jamoalar hisoblanadi. Ertaga BAA bu borada rekordchiga aylanib oladi.

BAA O'zbekistonni 9 marta mag'lub etgan. To'rtta uchrashuvda durang qayd etilgan. Vakillarimiz bu jamoani atigi 3 marta taslim qila olishgan xolos.



Terma jamoamiz BAA bilan 16ta o'yinda 17ta gol urishga erishgan. Eng ko'p gol Server Jeparov hisobida - 3ta. Nikolay SHirshov 2ta gol urgan. Ayni paytda terma jamoamiz tarkibida bo'lib turganlar orasida faqat Igor Sergeev oldin BAA darvozasini ishg'ol qila olgan holos.

O'zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi Dubay shahrida bunga qadar 3 marta o'yin o'tkazib umuman g'alaba qozona olmagan ekan - 2ta durang, 1ta mag'lubiyat.

Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston uchrashuvi 12 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:20da boshlanadi.




O'yin

Hisob

SHahar

O'yin maqomi

Sana

Bizning gollar

BAA - O'zbekiston 

4:2

Abu Dabi

O'rtoqlik 

19.11.1996

SHuhrat Maqsudov, No'mon Hasanov

BAA - O'zbekiston

2:0

Abu Dabi

O'rtoqlik 

22.11.1996

-

O'zbekiston - BAA

2:3

Toshkent

JCH-1998 saralashi

27.09.1997

Nikolay SHirshov, Ravshan Bozorov

BAA - O'zbekiston

0:0

Abu Dabi

JCH-1998 saralashi

02.11.1997

-

BAA - O'zbekiston

0:1

Al Ayn

OK-2000 saralashi

27.11.1999

Maksim SHackix

BAA - O'zbekiston

4:1

Abu Dabi

JCH-2002 saralashi

17.08.2001

Nikolay SHirshov

O'zbekiston - BAA

0:1

Toshkent

JCH-2002 saralashi

22.09.2001

-

BAA - O'zbekiston

2:2

Dubay

O'rtoqlik

11.10.2003

Viktor Karpenko, Server Jeparov

BAA - O'zbekiston

0:1

SHarja

OK-2011 saralashi

28.01.2009

Farhod Tojiev

O'zbekiston - BAA

0:1

Toshkent

OK-2011 saralashi

03.03.2010

-

BAA - O'zbekiston

1:0

Dubay

O'rtoqlik

29.01.2012

-

BAA - O'zbekiston

2:2

Dubay

O'rtoqlik

12.10.2012

Sanjar Tursunov, Server Jeparov

BAA - O'zbekiston

2:1

Abu Dabi

OK-2015 saralashi

22.03.2013

SHohruh Gadoev

O'zbekiston - BAA

1:1

Toshkent

OK-2015 saralashi

05.03.2014

Igor Sergeev

BAA - O'zbekiston

0:4

Abu Dabi

O'rtoqlik

14.10.2014

Timur Kapadze, Server Jeparov, Navro'zbek Alimov, avtogol

BAA - O'zbekiston

1:0

Al Ayn

O'rtoqlik

14.11.2017

-




Narzulla tayyorladi

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика