So’nggi yangiliklar

10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  2 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  5 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  7 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  8 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  7 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  14 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  8 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  21 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  4 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  21 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2

BAA bosh murabbiyi Paulu Bentu: "O'zbekiston terma jamoasi mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqishga davogar" Yangiliklar

BAA bosh murabbiyi Paulu Bentu: "O'zbekiston terma jamoasi mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqishga davogar"

Teglar :  BAAPaulu Bentu
JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - BAA uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Paulu Bentu va futbolchi Yahyo Al Gassani fikrlarini bildirdi.




"Avvalambor o'yin uslubimizga to'xtalsak, har doim qilib yurgan ishimizni qilishimiz kerak. O'z futbolchilarimizga raqib jamoa haqida etarlicha malumot berishga harakat qildik. Bugun rasmiy mashg'ulotda ertaga qaysi futbolchilar tushishini malum bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi mag'lubiyatsiz seriya qayd etmoqda va bu raqibning kuchidan darak beradi. Jamoangizda juda yaxshi tajribaga ega murabbiylar jamlangan. Ertaga bizni chiroyli o'yin kutmoqda", - dedi Paulu Bentu. 




Yahyo Al Gassani: "Ertangi o'yinning qadrini va qiymantini barcha tushinib turibdi. Bu bosqichda oson raqib yo'q, qiyin bo'ladi. Bugun oxirgi tayyorgarlikni olib boramiz. Bizning jamoa ertangi o'yinda 3 ochko uchun kurashadi".




- So'nggi 3 ta o'yinda yordamchingiz Rikardo Peres O'zbekistonning o'yinini stadiondan kuzatdi. SHunday ekan terma jamoamiz haqida fikringiz qanday? Qanchalik malumot to'pladingiz?
- Yordamchimiz bu o'yinlarga tashrif buyurdi. Raqibning o'rganishni bir nechta uslublari bor va biz bu uslubni tanladik. Jamoangiz juda kuchli. Biz birdamlikda o'ynasak o'z ko'zlagan maqsadimizga etamiz. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandik.

- O'tgan o'yindagi xatolar ustida ishladinglarmi?
- Albatta, lekin vaqt bunga imkon bermaydi. Birinchi o'yindan ikkinchisigacha fursat kam bo'ladi. Bunday saralashlarda darhol keyingi raqibga moslashishingiz kerak. Oldimizda turgan jamoaga etarlicha qarshrilik ko'rsatishga harakat qilamiz.



- O'zbekiston haqida...
- O'zbekiston yaxshi jamoa sifatida shakllanib ulgurdi. Osiyo kubogida Qatardan faqat penaltilarda yutqazdi. Eron bilan 2 ta o'yinda durang o'ynadi. O'zbekiston oxirgi o'yinlarda 3 nafar himoyachi, 3 nafar hujumchi bilan o'ynamoqda. Biz ertaga har tomonlama tayyor bo'lishimiz kerak. Aytish mumkinki, O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun kurashmoqda.

- KXDR bilan o'yindan so'ng muxlislar orasida norozilik kuchaydi. Ertangi o'yinga qanday vada berasiz?
Yahyo Al Gassani: - Jamoadagilarni ham oxirgi natijadan xafsalasi pir bo'lgan. Quruq vada bera olmaymiz, ertaga barchasini maydonda isbotlashga harakat qilamiz.




- 4 ta futbolchining o'yinni o'tkazib yuborishi qanchalik tasir qiladi?
- Albatta jamoada biror futbolchining yo'qligi tasir qilmay qolmaydi. Kuadio diskvalifikaciya sabab jamoamizga yordam bera olmaydi, Yahyo Nodir va Abdulrahmon Solih jarohat tufayli va Fabio De Lima shaxsiy sabablarga ko'ra. SHunga qaramasdan bizda bor futbolchilardan foydalangan holda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz.



Uzbekistan

Otabek Shukurov - 76'

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 4-tur

15/10/2024, 20:00

0
:
1
Tugadi

UAE

Stadion: 32773 tomoshabin

45'
90'
60'  Azizbek Turgunbaev (Khoziakbar Alidzhanov)
70'  Abdulla Abdullaev (Bobur Abdikhalikov)
76'  Otabek Shukurov
90'  Abbosbek Fayzullayev (Khozhimat Erkinov)
90'  Sherzod Nasrulloev
65'  Abdulla Hamad
70'  Tahnoon Al Zaabi (Isam Faiz)
70'  Caio (Bruno)
83'  Abdulla Idrees (Ali Saleh)
83'  Marcus Meloni (Mackenzie Hunt)
90'  Ali Saleh

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика