So’nggi yangiliklar

16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  2 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  15 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1

Aziz G'aniev: "Urgan golimni akamga bag'ishlayman" Yangiliklar

Aziz G'aniev: "Urgan golimni akamga bag'ishlayman"

Kecha bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati yarim finalida g'alabaga erishgan O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk marta musobaqaning finaliga yo'l oldi.

Futbolchilarimiz kecha Janubiy Koreya ustidan 4:1 hisobida g'alabaga erishishdi. Hisob 1:1 bo'lib turgan paytda "Nasaf" futbolchisi Aziz G'anievning tepgan to'pi stadionni larzaga keltirdi. U juda ajoyib tarzda koreyaliklar darvozasiga to'p kiritdi. O'yindan so'ng G'aniev OFK saytiga intervyu berib, ushbu golni katta akasiga bag'ishlashini aytib o'tdi. 

- "Bu shu paytgacha urgan gollarim ichida eng chiroylisi va muhimi bo'ldi. Men bu golni katta akamga bag'ishlayman. CHunki o'yindan oldin akam bilan gaplashganimda sen albatta gol urasan degandi. SHu bois oxirigacha harakat qildim".

- "Bu g'alabada butun jamoaning hissasi bor. Biz finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Barsa futbolchilar astoydil ter to'kishdi. Agar musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritsak, bu O'zbekiston uchun tarixiy voqea bo'ladi".

Reyting: +143   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика