So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0

Aziz Amonov: "Eronga sayohat uchun borganim yo'q. Nima uchun raqiblarga past qarayapmiz?" Yangiliklar

Aziz Amonov: "Eronga sayohat uchun borganim yo'q. Nima uchun raqiblarga past qarayapmiz?"

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Poytaxtda kechayotgan mashg'ulotlarga kecha ikki nafar legioner Aziz Amonov va Eldor SHomurodov kelib qo'shildi. Yaqinda "Istiqlol" jamoasi bilan Eron chempionligini qo'lga kiritgan Aziz Amonov bu boradagi fikrlarini bildirib o'tdi.






- Avvalo Eron chempionligi bilan tabriklaymiz. Yakunlangan mavsum haqida taassurotlaringiz bilan bo'lishsangiz...

- Mavsumni mag'lubiyatlarsiz yaxshi yakunladik. Jamoa 9 yildan beri chempionlikni qo'lga kirita olmayotgan edi. Qaysidir manoda tarixga kirdik. Muxlislar natijalarimizdan xursand bo'ldi.

- SHaxsan o'zingiz o'yiningizdan qanchalik ko'nglingingiz to'ldi?
- Menimcha hech kim qoniqmaydi. O'z-o'zidan ko'ngli to'lish to'xtashga olib keladi. Doim ishlashda davom etamiz.

- Legioner sifatida ilk bor xorijda o'ynadingiz. O'zingizda qanday o'zgarish sezdingiz?
- Legioner iloji boricha diplomat bo'lib kirishib ketishi kerak. Xudoga shukur jamoam yaxshi qabul qildi. Asosan masuliyat katta bo'ldi. CHunki O'zbekiston nomidan bordim.

- Bosh murabbiy haqida qanday fikrdasiz?
- Murabbiy jamoadagi barcha bilan bir hil muomala qiladi. Ahillik bo'lgani uchun ham chempionatda mag'lubiyatga uchramadik.

- O'zbekistonda chempionlikka bonus sifatida mashinalar berilishi mumkin. Eronda bu vaziyat qanday ekan?
- Barchasi shartnomaga asoslangan. Klubga kelganimda chempion bo'lsak malum bir miqdordagi bonus berilishi aytilgan.

- Erondagi hayot tarziga ko'nikib ketdingizmi?
- Biroz farqi bor. Odamlari yaxshi. Ancha moslashdim. Jamoadagilar tashlab qo'yishmadi.

- Til bilan bog'liq muammo bo'lmadimi?
- Ko'p muloqotdan keyin ancha tushunib qoldim. Nimalar deyayotganini bilaman. Ingliz tilini o'rganishga harakat qilyapman.

- Eronda to'p tepgan futbolchilarimizdan biri zerikib qolganini, tashqaridagi hayotga o'rganishga qiynalganini aytgandi. Sizda bunday holat ro'y bermadimi?
- Yo'q. Eronga aylangani emas, futbol o'ynagani borganman. Ortiqcha narsalarga chalg'ishga vaqt yo'q.

- Terma jamoamizning saralashdagi raqiblari haqida. Ularning darajasi bizdan past ekanligi malum...
- Nima uchun raqiblarga past nazarda qarayapmiz? Hozir hamma futbol o'ynashni o'rgangan. Hurmat qilamiz. Barcha mamlakatlarda bu sport turi rivojlanmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика