So’nggi yangiliklar

23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  6 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  372 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  1 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  0 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0

Aziz Alijonov: "CHempionlik uchun kurash oxirgi turgacha bo'ldi" Yangiliklar

Aziz Alijonov: "CHempionlik uchun kurash oxirgi turgacha bo'ldi"

Teglar :  Aziz Alijonov
Kecha "Neftchi U-18" jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.

Ushbu chempionlikdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Aziz Alijonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

"U-18 Birinchiligining bu yil qiziqarli tomoni shundaki, chempionlik uchun kurash oxirgi turgacha davom etganligidadir. 2 ochko farqi bilan ortda borayotgan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi ham asosiy raqib sifatida oxirigacha kurash olib bordi. Har ikkala jamoa uchun bugungi bahslarda g'alaba qozonish o'ta muhim edi. SHuning uchun, bu bahsga astoydil tayyorgarlik ko'rish bilan birga, futbolchilarimizga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Yigitlarimiz barchasini alo darajada bajarib, muhim g'alabani qo'lga kiritishdi va chempion bo'lishdi. Bundan juda juda mamnunman. Bizga taqdim etilgan qulaylik va yaratilgan sharoitlardan jamoamiz rahbariyatidan behad xursandmiz va rahmatlar aytib qolamiz. 

Bu yil o'tkazilgan U-18 chempionatida 24 ta jamoa qatnashgan bo'lsa, ularning ichida eng yosh jamoa bizniki bo'lsa kerak deb o'ylayman.CHunki, tarkibimiz o'zagini 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan shakllantirgan edik. Bu esa kelajakda biz uchun yaxshi tajriba vazifasini o'tab beradi degan umiddaman. 

Sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borgan barcha jamoalar bizga ko'p noqulayliklar keltirishdi desam, yanglishmayman. CHunki, uy va safar o'yinlarida garchi kuchli qarshilikka uchragan bo'lsak ham, ketma-ket 16 ta uchrashuvda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan edik. Faqat "Paxtakor" bilan kechgan shiddatli bahsda o'yinni boy berdik. Lekin, shunga qaramay oxirgi bellashuvlarda yigitlarimiz  masuliyatni his etib, yuqori saviyada o'yin ko'rsatishdi va g'oliblikni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

Joriy futbol mavsumi mobaynida tashkiliy ishlarni amalga oshirishda yaratib berishgan qulayliklari uchun jamoamiz rahbariyati va O'zPFL  mutasaddilariga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman", — dedi Aziz Alijonov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика