So’nggi yangiliklar

13:59"Арал" назорат учрашувида "Машъал"га жавобсиз 3 та гол урди  1 13:39Суперлига ҳакамлари учун FIFA VAR семинари бўлиб ўтади  1 13:07"Ливерпуль" ва "Барселона" собиқ юлдузи ўзига янги жамоа қидирмоқда  3 12:51"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди  0 12:24МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр  4 11:56А Серия. "Милан" "Комо"ни ютолмади  0 11:35Элит ОЧЛ гуруҳ босқич якунлари: ким учун омадли, ким учун омадсиз  2 10:47Фабрицио Романо "Реал"га Юрген Клопп келиши мумкинлиги ҳақида гапирди  2 10:20Алонсо илк таклифга йўқ деди  2 09:52"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр  2 09:24МЮ раҳбарияти Маркус Решфордни "Барселона"га ижарага берганидан пушаймон  11 08:55"Реал" футболчиси: "Рақсга туш ва ҳеч қачон тўхтама"  6 08:27Трент Александер-Арнолд "Ливерпул"га қайтиши мумкин — Mirror  4 07:58Аутсайдерни мағлуб эта олмаган Микел Артета ўйиндан сўнг нималар деди?  10 07:30Чемпионлар Лигаси 1/16 финалининг биринчи ўйинлари якунлари бўйича “Ҳафта ўйинчиси” мукофотига номзодлар эълон қилинди  10

Azimjon Ahmedov: "Andijon" bilan o'zgacha hisob-kitobimiz bor" Yangiliklar

Azimjon Ahmedov: "Andijon" bilan o'zgacha hisob-kitobimiz bor"

Xabaringiz bor, 30 noyabr kuni Superligada so'nggi tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

26-turning principial to'qnashuvlaridan biri Vodiy derbisi bo'ladi. Unda "Navbahor" jamoasi "Andijon"ni mehmon qiladi. Mana shu o'yindan oldin "lochinlar"ning 32 yoshli sardori Azimjon Ahmedov klub matbuot xizmatiga ayrim fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jamoamiz joriy mavsumning oxirgi bahsini "Andijon"ga qarshi o'tkazadi. Mazkur klublar turnir jadvalida qaysi o'rinda bo'lishidan qatiy nazar, "vodiy derbisi" o'yinlari doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan. Bu safargi bahs ham bundan mustasno bo'lmaydi, albatta. 

Bundan tashqari, jamoamizda sovrindorlar safidan joy olish imkoniyati saqlanib qolgan, shuningdek, bo'lajak raqibimiz "Andijon" bilan Superliga va O'zbekiston kubogi finalidagi alamli mag'lubiyatlar uchun o'zgacha hisob-kitobimiz bor.

SHuning uchun bo'lajak o'yinda maydonga o'zgacha ruh va ishtiyoqda tushib, g'alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish, joriy mavsumning so'nggi bahsini ijobiy tarzda yakunlashga harakat qilamiz. Buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo'llab-quvvatlab, g'alabamizga madadkor bo'lishlarini so'rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, joriy mavsumda jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib bergan Namangan viloyati hokimi SHavkatjon SHokirjanovich Abdurazzoqov va "Navbahor" klubi vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga futbolchilar nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman," - dedi Azim Ahmedov.


Eslatib o'tamiz, so'nggi tur oldidan "Navbahor" jamoasi 42 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. "Lochinlar"da hali uchinchi va hattoki ikkinchi o'rinni egallash uchun ham nazariy tomonlama imkoniyat saqlanib qolgan. "Andijon" esa 29 ochko bilan jadvalning 8-pog'onasidan joy olgan. "Burgutlar" g'alaba qozongan taqdirda ham bu o'rindan yuqoriga chiqa olishmaydi. Ammo, yutqazib qo'yishsa biroz pastga tushishlari mumkin.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика