Azar va Marselo mashg'ulotlarga qaytdi
29 iyu 2020 08:11
Yangiliklar
“Real” himoyachisi Marselo va jamoa vingeri Eden Azar jarohatlardan forig' bo'lib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Ikkala futbolchi ham jamoaning 28 iyuldagi mashg'ulotlarida qatnashgan. Qayd etilishicha, Marselo va Azar “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan ECHL 1/8 finali javob o'yinida (7 avgustda) qatnashishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Marselo mushaklaridagi jarohat sabab La Ligada mavsum so'ngini o'tkazib yubordi. Azar esa to'pig'idan olgan jarohati sabab bir nechta o'yinda qatnasha olmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar