Azar: "Birinchi golni urish juda qiyin bo'ladi"
06 okt 2019 16:14
Yangiliklar
Azar: "Birinchi golni urish juda qiyin bo'ladi"
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar LaLiga doirasida "Granada"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"G'alabadan mamnunman. Maydonda bo'la turib, gol urishni istasang ham, g'alaba birinchi o'rinda bo'ladi. Biz yana bir bor turnir jadvalida etakchimiz va bu bizning maqsadimiz edi.
Birinchi golni urish qiyin bo'lgan. Biroq shundan keyin futbolchida o'ziga bo'lgan ishonch kuchayadi va darvoza tomon ko'plab zarbalar beradi. Men uchun ham gol urish eng muhimi.
"Granada" kuchli o'yin ko'rsatdi va qattiq kurash bo'ldi. Ular ham yaxshi jamoa va shu boisdan ikkinchi o'rinda ketmoqda. Biz esa bor kuchimiz bilan o'ynab, g'alabaga erishdik. 3 ochko doimo eng muhimi", - dedi Azar.
Fikrlar