So’nggi yangiliklar

23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  0 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  6 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  84 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  13 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  5

Aza-yu bayramni umumlashtirgan kun Yangiliklar

Aza-yu bayramni umumlashtirgan kun

25 aprel "Barselona" tarixida shunday kun.

Bugun klub tarixida ikki kishi, ularning xizmatlari, klubda o'tkazgan yillari alohida eslanadi. 

Yoxan Kroyff. Niderlandiya futboli, "Ayaks" va "Barselona" afsonasi, "Oltin to'p"ning 3 karra sohibi, tiki-taka uslubining asoschisi 1947 yilning 25 aprelida tug'ilgan. U "Barsa"da 5 yil (1973-78) to'p tepdi, 8 yil (1988-96) murabbiy sifatida ishladi. 24 mart 2016 yilda vafot etgan.

Uning futbol rivojiga qo'shgan eng katta hissasi tiki-taka uslubini ixtiro qilganidir. To'g'ri, yosh muxlislar nazarida keyinchalik bu uslubni takomillashtirganlarning fonida Kroyff nomi eslanmay qolishi mumkin. Ammo "ko'k-anorranglilar" lagerida Yoxanning o'z darajasida etirof etilishi sir emas. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Nou Kamp"da (balandligi 3,5 metrlik) haykali o'rnatildi, "Barselona"ning zahira jamoasi o'ynaydigan "Mini Estadi" stadioni o'rnida yangi "Yoxan Kroyff" o'yingohi qurildi. 

Klub tizimida bugungi kunning bir qismi uning xizmatlari eslanishi, Kroyff shaxsiyati haqida materiallar elon qilinishi bilan o'tsa, ikkinchi qismida boshqa kishi asosiy sahnaga chiqadi.

Tito Vilanova. Klub tarbiyalanuvchisi, 2007-13 yillarda jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan va 2012-13 yilgi mavsum yakunida Ispaniya chempioniga aylantirgan mutaxassis 2014 yilning ayni kunida (saraton kasalligi oqibatida) hayotdan ko'z yumgandi.

Tito buyuklikda Kroyff bilan bahslasha olmaydi, ammo uning vafot etgan kuni klub muxlislari uchun o'zgacha qadrli ekani malum bo'lgandi. Balki, erta o'lim uning qadrini suniy tarzda oshirib yuborgandir. Aytishim mumkinki, "Barselona" muxlislarininng Messini kashf qilganlardan biri Frank Raykard, klub bilan treblga erishgan Enrike, hatto Pep Gvardiola haqidagi tanqidiy fikrlarini eshitdim, o'qidim. Ammo Tito haqidagi salbiy fikrlarni eslolmayman. Garchi klub tarixidagi eng katta sharmandaliklardan biri "Bavariya" katastrofasi (7:0) uning nomi bilan bog'liq bo'lsa ham...


Marhamat, sizda ham bu mavzuda fikrlar bo'lsa, o'rtoqlashing.

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика