"Ayntraxt" bosh murabbiyi: "Evropa Superkubogini Frankfurtga olib ketmoqchimiz"
09 avg 2022 23:12
Yangiliklar
"Ayntraxt" bosh murabbiyi: "Evropa Superkubogini Frankfurtga olib ketmoqchimiz"
"Ayntraxt" bosh murabbiyi Oliver Glasner "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv 10 avgust oqshomida bo'lib o'tadi.
"O'zimizga ishonib o'ynashimiz kerak, himoyada mustahkam, sodiqlik va katta ishtiyoq bilan. Biz "Real"ga katta muammolar keltirib chiqara olishimizga ishonaman. Sovrinni Frankfurtga olib ketishni istaymiz.
Benzemani ushlab bo'lmaydi, unda yaxshi sifatlar bor. O'yinni istalgan vaqtda jamoasi tarafiga o'zgartirib yuborishi mumkin. Vinisius, Valverde, Rodrigo kabi futbolchilarga pasni o'tkazmasligimiz kerak. Raqibga zich o'ynab, kamroq imkoniyat taqdim qilishimiz lozim.
Raqibdan qo'rqmaymiz. Hammada imkoniyat doimo bo'lgan. Bu o'yinda yutish uchun maydonga tushamiz. Evropaning eng yaxshi jamoasini mag'lub etamizmi, demak, bizda yaxshi sifatlar bor. Biz ajoyib jamoamiz", - dedi Glasner.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar