So’nggi yangiliklar

19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   1 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14

Aybek Nurbaev: "Xorazm" qishda ko'ngildagidek yig'in tashkil etolmadi" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Xorazm" qishda ko'ngildagidek yig'in tashkil etolmadi"

Teglar :  Aybek NurboevXorazm
A Pro-Liga 1-turidan o'rin olgan “Neftchi”- “Xorazm” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Aybek Nurbaev “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

O'zbekiston ahlini, barcha futbol muxlislarini Pro-Liga musobaqalarining ochilishi bilan muborakbod etaman. Bugun “Istiqlol” stadionida ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi, har doim davlatimiz madhiyasi yangraganda bizda g'urur va iftixor tuyg'usi jo'sh uradi. Barcha ishtirokchi jamoalar futbolchilariga mavsum davomida jarohatlar olmasdan, mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishlariga tilakdoshman.

Bugungi o'yin og'ir o'tishini bilardik, shundan kelib chiqqan holda uchrashuvga tayyorgarlik ko'rdik. Qishki yig'in davomida to'g'risi aytganda ko'ngildagidek yig'in tashkil etolmadik. Bu holat o'z navbatida jismoniy imkoniyatlarimizni cheklamasdan qolmadi.

“Neftchi”ni barchamiz yaxshi bilamiz, kuchli va ko'plab muxlislariga ega bo'lgan jamoa. Bugun biz jamoamiz azolari bilan ahil harakat qilganligimiz, barcha bir-birini qo'llab-quvvatlab turganligi sababli g'alaba qozondik deb o'ylayman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика