"Atletiko" prezidenti: "Grizmanning "Barsa"da ishlari joyida emas, ammo hammada ko'tarilish va pasayish bo'ladi"
02 iyu 2020 12:00
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti: "Grizmanning "Barsa"da ishlari joyida emas, ammo hammada ko'tarilish va pasayish bo'ladi"
"Biz do'stona munosabatda edik. U juda ham yaxshi yigit va ajoyib futbolchi edi.
Hammada ham ko'tarilish va pasayish bo'ladi. "Barselona"da uning ishlari joyida emas, ammo u qaytadi va muvaffaqiyatga erishadi, chunki u ajoyib o'yinchi", - deydi Sereso.
Grizmann "Barselona" tarkibida so'nggi to'liq o'yinini 16 iyunda "Leganes" (2:0)ga qarshi o'tkazgan edi. SHundan so'ng esa "Sevilya" (0:0)ga qarshi o'yinda 14 daqiqa, "Atletik" (1:0)ga qarshi o'yinda 65 daqiqa va "Selta" (2:2)ga qarshi bahsda 10 daqiqa harakat qildi. Kecha bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi o'yinda esa 90-daqiqada maydonga tushdi.
O'tgan yozda "Barselona"ga 120 million evro evaziga o'tgan futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar