"Atletiko" Kurtuaga buyum otgan muxlislarni kechirmadi
05 okt 00:50
Yangiliklar
"Atletiko" Kurtuaga buyum otgan muxlislarni kechirmadi
LaLiganing 8-turi doirasida "Atletiko" - "Real" uchrashuvi ikkinchi bo'limi 15 daqiqaga to'xtab qoldi.
Bunga "Real" posboni Tibo Kurtua manziliga bir qancha buyumlardan tashqari, uning "tomorqasiga otilgan" ko'plab haqoratli so'zlar ham sabab bo'ldi.
"O'tgan hafta yakshanba kuni derbida bo'lgan nohush holat borasida ishlar olib bordik va yuzlarni aniqlab, ikki kishini topishga muvaffaq bo'ldik. Ularning ikkisi ham klubning fan-klubidagi shahslar va ular umrbod stadionga kelishdan mahrum qilinishdi. Aybdorlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
"Atletiko" bo'lgan voqeliklar uchun hech qanday bahona topmaydi. Bu klubning imijiga jiddiy tasir ko'rsatganini malum qiladi. SHuningdek, shunday ishlarni qiladigan insonlarga sankciyalar qo'yish asosiy siyosati bo'lishini tasdiqlaydi", - deb yoziladi klub bayonotida.
Fikrlar