"Atletiko" Feliks uchun "Barselona"dan qancha pul so'ramoqda?
29 fev 2024 16:34
Yangiliklar
"Atletiko" Feliks uchun "Barselona"dan qancha pul so'ramoqda?
"Barselona" bir shart bilan Joau Feliksni tarkibida saqlab qolishi mumkin.
Portugaliyalik yarim himoyachi joriy mavsum "Barselona"da "Atletiko"dan ijara asosida o'ynamoqda. U Kataloniya jamoasida 30ta o'yinda 8ta gol urdi.
"Blaugrana" 24 yoshli futbolchining o'yinlaridan qoniqmoqda, ammo uning xaridini amalga oshira olmaydi – madridliklar 70-80 mln evro so'ramoqda. "Barsa" shu sabab Feliksning ijara shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishni taklif qilishi mumkin.
Kataloniyaliklar Joauning xaridi uchun katta pul to'lashmoqchi emas va bunga hujum qanotidagi ko'p miqdordagi o'yinchilar ham sabab – tarkibda Vitor Roke, Ferran Torres, Rafinya va Lamin Yamal bor. SHuningdek, yozda tarkibga ijaradan Ansu Fati va Estanis Pedrola qaytadi.
O’xshash yangiliklar
14:36
"Barsa" yozda Levandovskining o'rniga top-forvardni sotib olishni o'ylamoqda, nomzodlar ham malum 6
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar