So’nggi yangiliklar

18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  9 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  3 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3

Asror Aliqulov: "Muxlislar g'alaba kutishadi? Murabbiylar g'alaba qozonishni istamaydimi?" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Muxlislar g'alaba kutishadi? Murabbiylar g'alaba qozonishni istamaydimi?"

Pro liga 2020 yilgi mavsumning so'nggi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Dinamo"(1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Dinamo" jamoasi bilan uchinchi o'rin uchun kurashayotgan edik. Ular tarkib jihatdan bizdan ustun hisoblanardi. Yigitlarga o'zimiz tayyorlagan taktika asosida o'ynashni takidlagandik. Baribir yosh futbolchilarimizda tajriba kam, jismoniy jihatdan ham futbolchilar toliqib qolishdi. Yoshi katta futbolchilarni ushbu uchrashuvga jalb qilmadik. CHunki katta futbolchilar maydonda yoshlarni ortidan ergashtira olishi kerak. Biz ulardan shuni talab qilgandik. Lekin oxirgi o'yinlarda ular bor kuchlari bilan o'ynamadi. Oraliqda jamoani bir oila sifatida shakllantirishda menga biroz malaka etishmadi. Barchasi o'z qo'limizda edi. Imkoniyatimiz yuqori baholangandi. Jamoaga transfer taqiqi qo'yilgan. Bu qachon hal qilinishi bizga qorong'u. Yosh futbolchilarni katta futbolga tezroq kirishi va o'zida shuni his qilishi uchun jalb qilmoqdamiz. Keyingi mavsumda "SHo'rtan" shanini mana shu yigitlar himoya qilishi mumkin.

Bu yil qiyin o'tdi. Muxlislar g'alaba kutadi, lekin tasavvur qiling murabbiylar g'alaba qozonishni istamaydimi? Jamoamizda futbolchi tanlashda qolgan jamoalarga qaraganda imkoniyat yo'q edi. Qiyin o'yinlarda futbolchilar o'z zimmalariga ko'p narsani olishdi.

Hozirda sog'liqni tiklab ozroq dam olishni niyat qilganman. Faoliyatimni qaerda davom ettirishim yaqin ikki yoki uch haftada aniq bo'ladi",- deydi Asror Aliqulov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика