So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  10 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  7 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5

Asror Aliqulov: "Hujumni yakunlovchi futbolchi etishmadi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Hujumni yakunlovchi futbolchi etishmadi"

Pro liga 10-turi doirasidagi "Turon" – "SHo'rtan" (1:0) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida

- O'yinga hozirlik ko'rish jarayonida o'yinchilarimizga "Turon" futbolchilarining kuchli va kuchsiz tomonlari haqida malumot bergandik. Birinchi taymda ko'proq himoyalandik. Ikkinchi taymda yaxshi vaziyatlar yuzaga keltirdik, hujumni yakunlovchi futbolchi etishmadi. Bir necha bor olis masofadan zarbalar yo'llashga harakat qildik, ammo bu darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. "Turon" standart holatlardan foydalanib ketishini inobatga olib, bo'ydor himoyachilardan foydalangandik. Kichik soniyalarda diqqat-etiborni yo'qotib, gol o'tkazib yubordik.

- Davron Isoqov nega zaxiraga olindi? Asosiy to'purar Muhriddin Zoirov ham jamoaga etishmadimi?

- Asosiy hujumchimiz Zoirov 4 ta sariq kartochka olgani tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Isoqovga kelsak, u 1 hafta davomida betob yurdi. Jamoada 3 kun mashg'ulot olib bordi. SHu bois u jismonan tayyor emasdi. SHunga qaramasdan, u hujumni boshlab berishi ko'zda tutilgandi, imkon darajasida harakat qildi. 

- Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi...

- Zaxiradan tushganlar ishonchni oqlashmadi. CHunki biz hujumga chiqishimiz kerak edi, lekin afsuski, bu holat yuz bermadi. Zaxiradan asosan, yosh futbolchilarni maydonga tushirdik.

- "SHo'rtan" mavsum avvalidan ko'ra hozir jipsroq jamoaga aylangani ko'rinmoqda. Jamoa anchayin bir-birini tushunib o'ynamoqda. Ikkinchi davra o'rtalarida transfer oynasi ochiladi. Yangi futbolchilarni jalb qilish rejalaringiz bormi? 

- Rejalar bor. Lekin hozir futbolchi nomini aytolmaymiz. Moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib taklif bilan chiqamiz. Tarkibni kuchaytirishimiz kerak. 

Bu yil 10 nafar yangi futbolchi keldi, ularni jipslashtirishga vaqt ketadi. O'yinimizda ham sifat taraflama o'sish bor. 

Bizda jamoa o'zagi yo'q, chunki har yili tarkibimiz keskin o'zgarib ketyapti. 

- Jamoangiz kuchli 5 likdan o'rin olsa, Superliga uchun kurashasizlarmi?

- Maqsadimiz – katta jamoalarga munosib qarshilik ko'rsatadigan klub tuzish. Bir nechta yosh futbolchilarni ham jalb qilganmiz. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика