So’nggi yangiliklar

13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  1 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  5 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  13 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  18 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4

Asror Aliqulov: "Hakam to'p qo'lga tekkan vaziyatni ko'rmaslikka oldi, shekilli" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Hakam to'p qo'lga tekkan vaziyatni ko'rmaslikka oldi, shekilli"

"Mashal" - "Buxoro" (0:1) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Mashal" bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etdi.

"Avvalo "Buxoro"ni Cuperliga yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Biz bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. "Buxoro" jarima zarbalari va stantdartlardan yaxshi ishlashini o'rgangandik va qarshilik ko'rsatishga harakat qildik, hujumlar uyushtirdik gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Afsuski "Buxoro" vaqt cho'zish va yotib olishlar bilan vaqtni o'tkazdi. Ularga ochko ko'proq kerak edi, agar bugun ular ochko yo'qotsa ahvoli qiyinlashardi, raqib natijaga erishdi", - dedi Asror Aliqulov. 




- Murabbiy sifatida "Mashal"ni ikkinchi marta Superligaga olib chiqdingiz, bu bilan tabirklayman. Bugun futbolchilar qandaydir "Buxoro" jamoasini ruhiy tomonlama yutgandek ko'rindi. Jamoaingiz Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgani uchun shunday ko'rindimi?

- Aytdimku, uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bilmadim ayrim futbolchilarimiz "Buxoro"ni oson yutamiz deb xayol qilishdimi. Lekin biz og'ir o'yin bo'lishini bilgandik. Durang ham musobaqa jadvalida birinchi o'rinni naqd qilishimizga etarli edi, bugungi mag'lubiyat "Buxoro"ni bizga ancha yaqinlashtirdi.

- Bugun "Buxoro"ning 5 nafar futbolchisi sariq kartochka oldi. Vaqt cho'zishlar ko'payib ketdi. Umuman olganda "Mashal" raqibning bunaqa nayranglarga tayyor emas ekan...

- Endi bu ko'proq futbolchilardan mahorat talab qiladi. Zaxiradan o'yinchilar tushirdik, ko'rinib turibdiki hali mahorat kam. Bu albatta yillar va o'yinlar va tajriba to'plash natijasida keladi. Pro liga etakchiligini saqlab qolishga oxirigacha harakat qilamiz.

- Uchrashuvning 85-daqiqasida "Mashal" hujum qilayotgan vaziyatda to'p "Buxoro" himoyachisining qo'liga to'p tegdi. Buni takroriy vaziyatda yaqqol ko'rdik. Murabbiy sifatida fikriz qanday Pro ligaga ham VAR kerakmi?

- VAR bo'lsa haqqoniylik bo'ladi. Endi har bir o'yinga VAR bilan taminlash qiyin. Klub o'z yonidan xarajat qilib olib keladi. Agar bunaqa hodisa bo'lishini bilganimzda rahbariyat olib kelgan bo'lardi. Hakam ham u vaziyatda uzoqda emas edi vaziyatga juda yaqin edi, ko'rmadi deya olmayman, ko'rmaslikka olgan bo'lishi mumkin. U holat qiyin holat emas edi hakam uchun juda yaqin edi to'p yaqqol qo'lga tekkanligi ko'rinib turgandi, shuning uchun men biror narsa deya olmayman!

- "Mashal" jamoasi Cuperligaga chiqdi. Jamoa Superligaga qanday tayyorgarlik olib boradi? Yangi futbolchilar jalb qilinadimi yoki bor resursdan foydalaniladimi?

- Yangilarni jalb qilish qiyin bo'ladi, ularda talab ham yuqori. Superliga jamoalarida ham futbolchilar tanqisligi bor va ko'p klublar legionerlar xizmatidan foydalanishmoqda. Jamoa rahbariyati bu borada ish olib boryabdi hammasi moliyaviy tomonga va futbolchilarni ko'ndira oladigan mablag' bo'lsa, o'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi. Transferlar borasida ishlar olib borilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика