So’nggi yangiliklar

22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  0 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  1 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  3 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  19 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  2 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  9 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  23 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  27 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  45 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  2 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4

Asqar Umarov: “Norin” haqli ravishda g'alaba qozondi” Yangiliklar

Asqar Umarov: “Norin” haqli ravishda g'alaba qozondi”

Teglar :  Asqar UmarovZomin
Birinchi liganing 4-turidan o'rin olgan “Zomin” – “Norin” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'tgan turda “UzDongJu” bilan o'yinimiz bekor qilinib, texnik mag'lubiyatga uchragandik. Albatta bu keyingi uchrashuvga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Boshqacha aytganda, zarba ketidan zarba bo'ldi.

- O'yinda ustunlik jamoamiz tomonida bo'ldi. Gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ammo ulardan unumli foydalanish nasib qilmadi. “Norin” futbolchilari esa o'yin so'nggida bitta imkoniyatni samarali yakunlab, g'alabani ilib ketdi. Tabiiyki bu kabi goldan so'ng uch ochkoni o'z maydoningda yo'qotish, alam qiladi. Nima ham derdik, bu – futbol.  

- “UzDongJu” bilan uchrashuvda nima uchun texnik mag'lubiyatga uchraganimizga keladigan bo'lsak, bu borada PFLga telefon orqali xabar berganmiz. Yangier shahri IIBga yozma ravishda murojaat qilgandik. Aybimiz Sirdaryo viloyati IIBga xat orqali murojaat qilganimiz bo'ldi. SHu bois ichki ishlar xodimlari uchrashuvni o'tkazishga qarshilik ko'rsatib, ruxsat bermadi. SHu tariqa o'z xatoimiz evaziga uch ochkodan mahrum bo'ldik.

- To'g'risini aytganda, bizda maydon bilan bog'liq muammo bor. Endilikda uy o'yinlarimizni vaqtinchalik Jizzax shahridagi “So'g'diyona” stadionida o'tkazamiz. Mashg'ulotlarni esa Zomin tumanidagi kichik bir maydonda majbur o'tkazmoqdamiz. O'zimizning stadion esa ayni damda tamirlanmoqda. Nasib qilsa may oyining so'nggi kunlarida Zomindagi stadionda o'ynashni boshlaymiz.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика