Asensio yana jarohat oldi va terma jamoa ixtiyorini tark etdi
02 sen 2020 12:51
Yangiliklar
Asensio yana jarohat oldi va terma jamoa ixtiyorini tark etdi
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio jarohat oldi va Ispaniya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi.
Terma jamoa matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgan va uning tizzasida muammolar borligi aniqlangan.
Eslatib o'tamiz, Asensio oldinroq jarohat sabab deyarli bir yilni o'tkazib yuborgan edi.
→ Traore Ispaniya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi, unda COVID-19 aniqlandi
Fikrlar