So’nggi yangiliklar

00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  6 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6

Artur Yunusov: "Neftchi"da terma jamoada o'ynab ketishi mumkin bo'lgan o'yinchilar bor" Yangiliklar

Artur Yunusov: "Neftchi"da terma jamoada o'ynab ketishi mumkin bo'lgan o'yinchilar bor"

Ayni paytda futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 5-tur bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Kecha turning markaziy uchrashuvida AGMK hamda "Lokomotiv" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Juda ham qiziqarli kechgan o'yin futzalda juda kam kuzatiladigan 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Futzal. AGMK - "Lokomotiv". Markaziy bahsdan FOTOGALEREYA

Uchrashuv yakunlangach, olmaliqliklarning tajribali o'yinchisi Artur Yunusovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qarama-qarshiliklarga boy o'yin bo'ldi. AGMKga ham, "Lokomotiv"ga ham ochko zarur edi. "Loko" o'tgan gal bizga yutqazgandi, shu bois bugun yutish uchun jon-jahdi bilan harakat qildi. Jarohatdagilar va safda bo'lmaganlarning o'rni bilindi.

Tarkibimizda asosiy to'rtlik shakllanmay qoldi. Muzaffar Ahadjonov va Avaz Abduvaliev kasal bo'lib qolishgandi. Aksiga olib, 1-bo'limda asosiy o'yinchimiz Davron Valijonov ham jarohatlandi.

Yangi yildan keyin jamoamiz azolari hali tiklanib ulgurishmagani sezilmoqda. Tayyorgarlikka ham qisqa vaqt bo'ldi, uzoq hordiq chiqardik. Bugun jismonan qiyinchilikka uchradik.


Birinchi taymda raqib ustunlik qildi. Ikkinchi bo'limda esa ular charchab qolishdi va biz bosim qildik.

Umuman olganda, do'stlik g'alaba qozondi. Qaysidir manoda bundan "Huaxin-Jizzax" yutgan bo'lishi mumkin. 

Hechqisi yo'q, hali hammasi oldinda. Bizni "Huaxin-Jizzax" va boshqa raqiblarga qarshi o'yinlar kutib turibdi. O'ylashimcha, "Dinamo" va "Neftchi" jamoalari ham chakki emas. "Neftchi" tarkibida terma jamoada o'ynab keta olishi mumkin bo'lgan futzalchilar bor. Faqat ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatish kerak. O'ylaymanki, ularga imkoniyat berilsa, o'yinlari o'z-o'zidan ochilib ketgan bo'lardi.

Bu yilgi chempionat qizg'in davom etmoqda. Oldingi yillarda sovrinli o'rinlarni band etadigan jamoalar oldindan malum bo'lib ulgurardi.

Kuzatilayotgan yo'qotishlar bizga qimmatga tushyapti deb o'ylayman. Keyingi turlarda ham jismoniy taraflama qiynalsak kerak. SHaxsan o'zimni 60% ga tayyor his qilyapman, xolos. CHempionat oldidan biroz betob bo'lib qolganim ham o'z tasirini ko'rsatyapti", - dedi Yunusov.


Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Lokomotiv" 13 o'yindan keyin 34 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. AGMKda 31 va "Huaxin-Jizzax"da 30 ochko mavjud. Lekin, ular peshqadamdan bitta kam o'yin o'tkazishgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика