So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  27 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Arteta rahbariyatga iltimos bilan chiqdi Yangiliklar

Arteta rahbariyatga iltimos bilan chiqdi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa rahbariyatidan yanvar oyida transferlarni imkon qadar tezroq amalga oshirishni so'ramoqda.

Premer-liga etakchisi yanvarda "Nyukasl", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar bilan to'qnash keladi.

Arteta jamoasining eng yaqin taqibchisi "Manchester Siti"ni besh ochkoga ortda qoldirmoqda, jamoa bugun "Vest Xem" bilan o'yin o'tkazadi. 

Avvalroq Arteta aytib o'tganidek, "Arsenal" qishqi transferlar oynasida faol bo'ladi va uning fikricha, o'yinchilarni transfer qilish tezligi jamoaning mavsum yakunidagi natijalariga tasir qilishi mumkin.

3 yanvarda "Nyukasl" bilan bo'ladigan uchrashuvdan so'ng Angliya Kubogining "Oksford"ga qarshi uchinchi bosqich bahsi kutib turibdi, 15 yanvarda esa "Tottenxem" bilan o'yin va bir haftadan so'ng "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuv bor.

"Biz yoz boshida futbolchilarni ertaroq sotib olish qanchalik muhimligini bilardik va yanvar oyida ham shunday qilishini xohlaymiz", – dedi Arteta.

Artetaga chempionlik uchun poygada har bir o'yin muhimligini aytishganda, u shunday dedi: "Mutlaqo to'g'ri. Ushbu ligadagi bunday raqobat bilan, ayniqsa so'nggi to'rt yoki besh yil davomida bo'lgan standartlar va raqobatdan kelib chiqsak, shunday xulosaga kelsak bo'ladi. Premer-liga o'tmishda bo'nday tajribani boshidan o'tkazmagan – biz har bir ochko juda muhimligini bilamiz".

Gabi Jezusning jarohati "Arsenal"ning hujumchiga bo'lgan ehtiyojini yanada oshirdi va "SHaxtyor" vingeri Mixail Mudrik ularning asosiy maqsadi. Arteta jamoaga to'g'ri keladigan o'yinchilarni imzolash kerakligini takrorladi. 

"Bizga jamoani kuchliroq qiladigan futbolchilar kerak".

Arteta sport direktori Edu va direktorlar kengashiga ishonadi: "Biz izlayotgan futbolchilarimizni ko'p kuzatamiz. Ularni transfer qilish mening nazoratimdan tashqarida bo'lgan ko'p narsalarga bog'liq. Nazariya shuni ko'rsatadiki, bu juda murakkab transferlar oynasi bo'ladi".

Arteta g'oliblik mentalitetiga ega futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Biz "Arsenal" turnir jadvalining cho'qqisida bo'lishi kerak deb hisoblaymiz".

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика