Arteta: "Arsenal" bugun ko'pchilikni xursand qildi"
16 jan 2023 12:41
Yangiliklar
Arteta: "Arsenal" bugun ko'pchilikni xursand qildi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi "Tottenxem"ni 2:0 hisobida mag'lub etganidan keyin fikr bildirdi.
"Menga nima yoqdi? Hamma narsa. Menga bizning o'yinimiz va bu erga kelib ko'rsatgan jasoratimiz yoqdi. O'z vazifamizni bajarib, biz ko'p odamlarni xursand qila olamiz va ishonchim komilki, bugun "Arsenal" muxlislarini juda xursand qildik.
Bizda ajoyib futbolchilar guruhi bor. Menimcha, biz yana bir qadam oldinga tashladik. O'tgan mavsumda katta stadionlarda g'alaba qozongan edik, ammo bugun qanday g'alaba qozonganimizni ko'rish juda yoqimli edi. Bu nafaqat qatiyat va jasoratni, balki bunday jamoaga qarshi buni qilish uchun ishonch va sifatga ega bo'lishingiz kerakligini ham ko'rsatadi. Bu butunlay o'yinchilarga bog'liq", – dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar