"Arsenal" Subimendi uchun 60 mln evro taklif qildi, futbolchi rad javobini berdi
23 jan 2023 12:40
Yangiliklar
"Arsenal" Subimendi uchun 60 mln evro taklif qildi, futbolchi rad javobini berdi
"Arsenal" "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi uchun 60 mln evro taklif etdi, deb xabar berdi "The Sun".
"Kanonirlar" 23 yoshli ispaniyalikni sotib olish uchun uning shartnomasida ko'rsatilgan variantni faollashtirdi, biroq futbolchining o'zi transferdan bosh tortdi. Yarim himoyachi o'tgan yilning oktyabr oyida "Sosedad" bilan kelishuvini 5 yilga uzaytirgan va mavsum o'rtasida klubni tark etishni istamayapti.
Subimendi "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2022/23 yilgi mavsum jamoa safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt portali yarim himoyachini 40 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar