"Arsenal" Sterlingni xarid qilmoqchi
18 jan 2023 13:51
Yangiliklar
"Arsenal" Sterlingni xarid qilmoqchi
"Arsenal" "CHelsi" hujumchisi Rahim Sterlingni sotib olishga tayyor.
"Fichajes"ning yozishicha, "ko'klar" Kristian Pulishich va Mixail Mudrikka umid bog'lagani uchun 28 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida. "To'pchilar" o'tgan yozda o'zi nishonga olgan hujumchi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.
SHuningdek, Sterling hozirda jarohat olgani, ammo olti oy ichida u Mikel Arteta jamoasi safiga yo'l olishi mumkinligi qayd etilgan.
Angliyalik futbolchi joriy mavsum "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar