"Arsenal" asosiy himoyachilaridan biri uchun mavsum yakunlandi
03 apr 19:58
Yangiliklar
"Arsenal" asosiy himoyachilaridan biri uchun mavsum yakunlandi
Bu haqida London klubi rasmiy saytida xabar berildi.
"Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaes tizzaosti mushaklari jarohati tufayli joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Gabriel seshanba kuni APL 30‑turi doirasida "Fulxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Braziliyalik 16‑daqiqada alishtirildi.
— Gabriel tizzaosti mushaklaridan jarohat oldi va vaziyatga shifokorlar aralashuvi talab etiladi. Yaqin kunlarda Gabriel jarrohlik stoliga yotadi, undan keyin yangi mavsum startiga tayyor bo'lish uchun tiklanish dasturini boshlaydi, — deyiladi xabarda.
Gabriel joriy mavsum "kanonirlar"nnig 45 o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma etkazib berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar