So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

APL borasidagi mish-mishlar haqiqatga aylanmoqda Yangiliklar

APL borasidagi mish-mishlar haqiqatga aylanmoqda

Teglar :  APL koronavirus
Tvitter ahli APLning ushbu mavsumi yakunlangani borasidagi mish-mishlardan keyin "portladi".

Gap shundaki, bugun APL klublari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tgan va unda FA rahbari Greg Klark liganing qolgan qismi o'tkazilmasligini va natijalar nolga tenglashtirilishini malum qilgan. Biroq hozirda bu boradagi yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Bir necha klublarning rahbarlari ushbu taklifga o'zining ijobiy javobini berishgan.

"Biz futbol haqida o'ylamayapmiz. Mavsumning qolgan qismini o'tkazish esa rejamizda ham yo'q", - deb so'zlaridan iqtibos keltiradi "Tayms". Nashr ushbu gaplar Klark tomonidan yangraganini malum qilgan.

SHunday bo'lgan taqdirda, APLning qolgan qismi o'tkazilmaydi va o'tgan 29 turdagi natijalar bekor qilinadi. CHempion aniqlanmaydi va evrokuboklarga chiqadigan jamoalar turnir jadvalining ushbu ko'rinishi orqali chiqarib olinadi.

Avgust oyida esa APLning so'nggi 6 o'rindagi jamoalari ishtirokida pley-off o'yinlari o'tkaziladi va unda ligada qoladigan va chempionshipga tushib ketadigan jamoalar nomi malum bo'ladi.

Agarda liganing qolgan qismi bekor qilinadigan bo'lsa, tashkilot va klublar yo'qotadigan mablag' 1 mlrd funtdan ham oshib ketadi. Qayd etilishicha, Angliyadagi hozirgi holat unchalik yaxshi emas va Buyuk Britaniya sport vaziri ham 3-4 oy davomida birorta sport o'yinlari bo'lmasligi borasida dastur ishlab chiqmoqda. Katta ehtimol bilan bu boradagi qaror shu oy oxirlarida qabul qilinadi va sport hamda futbol bahor oyida Angliyaga qaytmaydi.

Reyting: -52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика